1 iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

- Pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi;
- Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
- Pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi;
- Bolalar nafaqasi miqdori oshadi;
- Davlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari hududida joylashgan va ular balansidagi bog‘lar hamda ep maydonlari xususiylashtirilishi taqiqlanadi;
- Barcha tovarlar eksportiga cheklovlar bekor qilinadi;
- Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi;
—Elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;
- Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etiladi;
- To‘lov va elektron pul tizimlari, shuningdek, to‘lov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchayadi;
- Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.