U yerda erkaklar yuzlarini yashiradi, ayollar esa o‘ziga er tanlaydi

Ular shunchaki cho‘lda yashamaydi – ular cho‘l bilan birdam. Ko‘k sallalarini to‘qib olib, issiq qum bo‘ylab salqingina istirohat bog‘idan o‘tayotgandek, ohista yurishadi. Ular tyelevizorda yangiliklarni ko‘rmaydi, valyuta kurslarini tekshirmaydi, dunyo navbatdagi inqirozga uchraganda, asabiylashmaydi. Ularning bitta qoidasi bor – o‘z yo‘lidan qolmaslik...
Pasportlar, hujjatlar, soliq deklaratsiyasi ular uchun begona. Ular boshliqlarga qaram emas, banklarda navbatda turmaydi, tirbandlik nimaligini bilmaydi. Ota-bobolari yuzlab yillar avval yashagandek – hovliqmasdan, shoshqaloqliksizva tepasiga o‘rnatilgan hokimiyatsiz yashashadi.
Tuareglar hech qachon hech kimga tegishli bo‘lmagan. Ular arab istilolaridan, fransuz mustamlakachilaridan va zamonaviy hukumatlarning ularni bostirib olishga urinishlaridan nafaqat omon qoldi, balki bunga hatto e’tibor ham bermadi.
Moviy ko‘chmanchilar qayerdan paydo bo‘lgan?
Olimlarning fikricha, ular Shimoliy Afrika qadimgi Berberlarning avlodlari. Ularning tili berber lahjasi, yozuvi esa shaman qo‘li bilan chizilgan maxfiy ramzlarga o‘xshash sirli tifinag belgilaridir.
Tuareglar arxeolog va etnograflarning nazariyalari bilan qiziqmaydi. Afsonalarga ko‘ra, ular qumdan paydo bo‘lgan va faqat unga tegishli. Ming yillar oldin ular ko‘chmanchilik yo‘lini tanlab, o‘zlariga sodiq qolishgan. Ularning uylari bir necha daqiqada yig‘ib olinadigan yengil chodirlar, yo‘llari esa cheksiz qumli so‘qmoqlardir.
Bir paytlar ular butun sahroni nazorat qilishgan. Karvonning cho‘lni kesib o‘tishi u yoki bu tarzda tuareglarga bog‘liq edi. Quduqlar qayerda yashirinligi, qaysi yo‘nalishlar xavfsiz bo‘lgani, qum bo‘ronlaridan qayerga yashirinishni bilishardi. Ular oltin, tuz, ziravorlar, ipak, otlar va hatto odamlar savdosi bilan shug‘ullanishgan.
Karvonlar ulardan qo‘rqar, ular bilan muzokaralar olib borib, ularni bo‘ysundirishga harakat qilishardi. Dastlab arablar kelib, tuareglarni o‘z imperiyalarining bir qismiga aylantirishga harakat qilishdi. Tuareglar tinglashdi, bosh chayqadi va hayotlaridagi biron bir qoidani o‘zgartirmasdan yo‘lida davom etdi.
Keyin fransuzlar keldi. Ular chegaralar belgilab, bayroqlarni o‘rnatdi, xaritalar chizishdi. Tuareglar bularning barchasiga qarab, yelka qisib, hech qanday chegara yo‘qdek sahro bo‘ylab ketishda davom etdi. Keyin yangi davlatlar paydo bo‘ldi: Mali, Niger, Jazoir. Bu davlatlarning hukumatlari tuareglarga endi ular fuqaro ekanliklarini tushuntirishga harakat qilishdi.
Ular bunga mutlaqo befarqlik bilan javob berishdi: “Qanday mamlakatingiz borliginio‘zingiz hal qilavering, bizning ishimiz boshqa”.
Nega ayollar emas, erkaklar yuzlarini yopishadi?
Dunyodagi har bir madaniyatda ayollar yuzlarini yopishadi. Faqat bittasidan tashqari. Tuareglar orasida yuzpardani erkaklar kiyishadi va bu shunchaki mato bo‘lagi emas, balki ularmadaniyatining bir qismidir. Bosh kiyim litaam deb ataladi va notanishlar oldida uni olib tashlash rasmiy uchrashuvga tungi ko‘ylakda chiqishga o‘xshaydi.
Litaam nima uchun kerak?
Qumning yuziga uchib kirmasligi uchun, xis-tuyg‘ularni yashirish uchun. Haqiqiy jangchi qo‘rquv, g‘azab yoki shubhani ko‘rsatmaydi. U shunchaki qaraydi va jim turadi. Savlat uchun. Mato rangi qanchalik quyuq bo‘lsa, maqom shunchalik yuqori bo‘ladi.
Asosiysi, litaam tabiiy indigo rangi bilan bo‘yalgan. Vaqt o‘tishi bilan bo‘yoq teriga singib ketadi va Tuareglarning yuzlari ko‘kimtir rangga ega bo‘ladi. Shu sababli ularni “cho‘lning ko‘k odamlari” deb atashadi.
Erkaklar yuzlarini yashiradigan bo‘lsa, ayollar ... aksincha.
Ular hech nimani hech kimdan so‘ramaydi. Bu yerda ayol shunchaki o‘choq qo‘riqchisi emas. U erkakka “syenmenga to‘g‘ri kemaydigan odamsan, ketaverishing mumkin” deyishi mumkin bo‘lgan odam.
Ajralishmi? Muammosiz. Agar nikoh muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ayol hech qanday janjallarsiz o‘ziga tegishli hamma narsani oladi va ota-onasining uyiga qaytadi. Lekin tuareg ayollarini ko‘nglini shunchaki ovlab bo‘lmaydi. Bu yerda erkaklar o‘zlarining munosib ekanliklarini she’r bitib, isbotlashlari kerak.
Agar u o‘zi she’ri bilan javob qaytarsa, bu qiziqish borligini anglatadi. Agar u jim bo‘lsa, hamma narsa aniq: borib yaxshiroq ijod qilib, yangi she’r yozing. Asosiysi, ayollar yuzini yopmaydi.Bunga hojat yo‘q, chunki ular oilaviy munosabatlarni nazorat qiladi.
Bugun ko‘p narsa o‘zgardi. Karvonchilar endi tuz va gazlamalarni emas, yoqilg‘i, tamaki va elektronikani olib o‘tishadi. Biroq tuareglar hali ham hech kim ularni ko‘rmasdan cho‘lni qanday kesib o‘tishni biladi.
Siz xohlagancha xaritalar chizishingiz, xohlagancha ko‘p postlar o‘rnatishingiz mumkin, lekin agar tuareg karvonni boshqarishga qaror qilsa, uning o‘zi unga rahbarlik qiladi.
Ular taslim bo‘lmaydi
2012 yilda tuareglar “Bo‘ldi, endi bizga o‘zyerlarimiz kerak” deb mustaqil Azavad davlatini e’lon qildi. Hukumatlar ularning ishtiyoqini qadrlamadilar. Janglar, to‘qnashuvlar, qatag‘onlar boshlandi.
Lekin tuareglar taslim bo‘lmadi. Hozircha ularning o‘z davlati yo‘q. Ular butun umrlarini pasportsiz o‘tkaza olishi mumkin.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.