1 fevraldan ayrim o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

Sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

2022 yil 1 fevraldan boshlab ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

Ushbu ustamalarni o‘z vaqtida to‘lab borilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘linmalariga vazirlikning ko‘rsatmasi berilgan.