1 fevraldan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan an’anaviy shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qo‘yilgan "Elektron advokatlik orderi" orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.
Order muqobillik asosida qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi ma’lumotni "Yuridik yordam" axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.
Advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.