O‘zingizning ovozingiz nega yozuvlarda begonadek eshitiladi?

O‘z ovozini yozuvda eshitgan har bir kishi hech bo‘lmaganda bir marta seskanib qolgan. Ovoz butunlay boshqa odam gapirayotgandek yoki yoqimsiz bo‘lib tuyuladi.

Fiziologlar buni biz o‘zimizni ichimizdan qanday eshita olishimiz bilan izohlashadi. Ovozimiz nafaqat havo orqali, balki bosh suyagimiz orqali o‘tib, tarqalar ekan.

Suyak o‘tkazuvchanligi tovushni pastroq va yumshoqroq qiladi. Shuning uchun, aslida, biz o‘zimizni “teranroq” eshitar ekanmiz.

Ovoz yozib olinganda, u faqat havo orqali uzatiladi va gapirayotgan inson boshqalar eshitgan narsani eshitadi. Ikki ovozdagi farq shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, bu noqulaylik tug‘diradi. Miya shundoqqina tanish tembrni tanishga ulgurmay qoladi.

Qiziq, qaysi organ ovozni o‘ziga xos qiladi? Bu savolga halqum va ovoz paychalari degan javob mos keladi. Ovozning o‘ziga xosligi halqumda shakllanadi, aynan u tovushning balandligi, kuchi va tusini belgilaydi.

Halqum tomoq kemirchagi, mushaklar va tovush paychalaridan iborat. Ularning shakli va tarangligi tembrni aniqlaydi. Har bir insonning halqum tuzilishi o‘ziga xos bo‘lganligi bois ovozlar barmoq izlari kabi takrorlanmasdir.

Biz gapirganimizda, tebranishlar to‘qimalar va suyaklar orqali o‘tadi va  faqat o‘zimiz eshitishimiz mumkin bo‘lgan mazmunli ovozni yaratadi. Bunday tebranishlardan xoli yozuv begonadek tuyuladigan sof, havodor tovushni yetkazadi.

Yozuvdagi ovozga qanday ko‘nikish mumkin?

Psixologlarning ta’kidlashicha, inson o‘z ovozini yoqtirmasligi odatiy reaksiyadir. Miya istak va haqiqat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yoqtirmaydi. Vaqt o‘tishi bilan odam yozuvga o‘rganib qoladi. Lekin birinchi taassurot deyarli har doim hayratda qoldiradi.

Qizig‘i, professional suxandonlar ham bu ta’sirni his qilishadi. Vaqt o‘tib ular o‘z ovozlarini tashqi nuqtai nazardan qabul qilishga ko‘nikib ketishadi.

Shunday qilib, tirik musiqa asbobi vazifasini bajarib keladigan halqum ovozni o‘ziga xos qiladigan asosiy asbob bo‘lib qolyapti.

- Inson o‘z ovozi xususiyatlarini qanchalik yaxshi tushunib olsa, uning jaranglashini qabul qilish osonroq kechadi, - deydi mutaxassislar. – Shundan so‘ng hatto yozuvdagi ovoz ham  begona va qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmaydi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.