1 martga qadar davlat organi va tashkilotlari rahbar-xodimlari DXM orqali elektron raqamli imzolar bilan ta’minlanishi lozim

Qog‘ozbozlikdan voz kechib, barcha harakatlar hamda hujjatlar almashinuvini elektron tartibda amalga oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish - bu raqamli iqtisodiyotning belgilaridan biri hisoblanadi.

Rivojlangan davlatlarda qog‘ozbozlik amaliyotiga chek quyilganiga bir necha yillar bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabr kuni  “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi qog‘ozbozlikka barham berish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur qaror bilan 2020 yil 1 yanvardan  boshlab 28 turdagi hujjatlar (ma’lumotnoma) fuqarolardan talab qilinishi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunga qadar fuqarolardan mazkur hujjatlarning talab qilinishi har bir davlat idorasi faoliyatida kuzatilgan va fuqarolarning davlat idorasiga borib, ertalabdan kechgacha ishini bitirolmasdan qolishiga, buning oqibatida aholining davlat idorasiga bir necha marotaba qatnashiga to‘g‘ri kelgan. Ma’qul bo‘lmagan bu amaliyot fuqaroning davlat idorasiga ishonchining pasayishiga xizmat qilgan, xolos.

Endilikda bu xildagi byurokratik tartibga batamom chek qo‘yildi.

Qarorning afzalliklaridan yana biri bu mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishidir. Yani, ilgari hokimlar vakolatida bo‘lgan ba’zi bir funksiyalar davlat organlarining tuman (shahar) tuzilmalariga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlaridan xos bo‘lmagan ba’zi vazifa va funksiyalar chiqarib tashlandi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi, hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantirilishi qat’iy belgilab quyildi.

Buning uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari va rahbarlari 2020 yil 1 martga qadar tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzolar bilan ta’minlanishi lozim.

G‘ayrat YaKUBOV,

Bulung‘ur tumani adliya bo‘limi boshlig‘i.