1 mayda Samarqandga Nijnevartovskdan jo‘nagan “Pobeda” raritet avtomobillari avtokarvoni yetib keladi
“Pobeda” rusumidagi beshta avtomobil 17 aprelda Samarqand tomon yo‘l olgandi. Ular 1 mayda qadimiy shaharga yetib kelishi kutilmoqda.
Ushbu tadbir Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi qoshidagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkillashtirilgan.
Mashinalar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston shaharlaridan o‘tadi.
Avtokarvon, shuningdek, Toshkentda ham bo‘ladi. Samarqandga yetib kelgach, avtomobilchilar yana Nijnevartovskka qaytishadi.