Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Grant tanlovi 1-tur g‘oliblari aniqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” nomli 1-tur tanlovi g‘oliblari bilan tanishing.

O‘zbekiston koreys madaniy markazlari assotsiatsiyasining Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi ("1937-2022: Uch avlod uchrashuvi" loyihasi uchun) - 50 mln. so‘m.

Samarqand viloyati «Imkon» fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazi (“Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishining oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” loyihasi uchun) - 50 mln. so‘m.

Urgut tumani "Sovg‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini ("Mahalla va yoshlar kutubxonasi" nomli elektron kutubxona va turli adabiyotlarni jamlagan badiiy kutubxona faoliyatini tashkil etish” loyihasi uchun) - 50 mln so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi "Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi" NNT Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi (“Samarqand viloyati davlat organlari va muassasalarining ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik sohasida ijtimoiy sheriklik boshqaruvini ta’minlashga doir faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashish” loyihasi uchun) - 50 mln. so‘m.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Past Darg‘om tumani hududiy bo‘linmasi ("Tumanning chekka mahallalarida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka o‘qitish" loyihasi uchun) - 50 mln. so‘m.

Muassasa shaklidagi "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasining Samarqand viloyat filiali ("Mahallalarda "Biznes marafon motivatsion" treninglarni tashkil etish va raqobotbardosh bo‘lmagan ishchilarni jamg‘arma tomonidan ishga tushirilgan e-kasb.uz onlayn platformasi orqali o‘qitishni tashkil etish" loyihasi uchun) - 50 mln. so‘m.