10 dekabrdan "Afrosiyob" poyezdlari qatnovi bittaga ko‘payadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yil 10 dekabrdan boshlab, haftaning juma kuni "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur zamonaviy poyezd o‘tgan bir oy mobaynida faqat haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnovini amalga oshirib keldi.

10 dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 9:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tib, soat 12:47 da Buxoro-1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi shu kunlarda soat 15:02 da Buxoro-1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.