10 kun davomida yuz bergan yo‘l-transport hodisalarida 41 kishi halok bo‘ldi
1 fevraldan 11 fevralgacha O‘zbekistonda 126 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ulardan 33 tasi o‘lim bilan bog‘liq, deb xabar berdi IIV YHXBB matbuot xizmati.
YTHlar natijasida 41 kishi vafot etdi (30 kishi voqea joyida, 11 kishi kasalxonalarda) va 136 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olishdi. Aw
38 ta holatda avariyalar piyodalarning belgilanmagan joyda ko‘chani kesib o‘tishi oqibatida, 13 ta holatda haydovchilar ehtiyotsizligi tufayli sodir bo‘ldi. 12 ta YTH belgilangan tezlik rejimiga rioya qilmaslik, 11 tasi haydovchining piyodani payqamay qolishi, 11 tasi quvib o‘tish qoidalarini buzish tufayli ro‘y bergan.
Ushbu davrda Samarqand viloyatida baxtsiz hodisalar qayd etilmadi.