16 noyabrdan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshiriladi

Ma’lumotga ko‘ra, iste’molchilar uchun elektr energiyasi tariflari ikki bosqichda — 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshirishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tariflar 1 kVt-soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida”gi 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o‘rnatilgan.

Shuningdek, “Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich o‘zgarish jadvali tasdiqlandi.