2 aprel kuni viloyat Kengashi sessiyasi bo‘ladi

Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov 2021 yil 25 mart kuni “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi 2021 yil 2 aprel kuni soat 9:00 da chaqirilmoqda.
Sessiyada quyidagi masalalar ko‘riladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Mahmarahimovning hisoboti;
- viloyat hududlarida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan sektorlar rahbarlarining hisobotlari haqida;
- viloyatda ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehribonlik uyi” da tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilovning hisoboti to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.