2022 yilning birinchi yarmida mehnat tartibini buzgan 5 mingdan ortiq mansabdorga 12 milliard so‘mdan ortiq jarima qo‘llanildi

O‘tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda 41 ming 150 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan, 5 ming 935 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 12 mlrd. so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Qonun buzilishlar eng ko‘p xalq ta’limi tizimida (11 ming 916) qayd etilgan. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq eng ko‘p muammolar kuzatilgan.

Shuningdek, o‘tgan olti oyda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilganligi sababli ishga tiklangan, 1 ming 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd. so‘mga yaqin ish haqi undirib berilgan.