Oqdaryoda 2,5 milliard so‘m davlat xaridi uchun tanlov natijasi bekor qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qator davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan.
Xabarga ko‘ra, "Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish" korxonasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 2,5 milliard so‘mlik davlat xaridlarida affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Bu holat qonunchilik talablariga zid.
Shu sabab qurilish ishlarida foydalanish uchun sheben (chaqilgan tosh) sotib olish yuzasidan 28 mart kuni o‘tkazilgan xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilingan.
To‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.