25 million so‘m kimga nasib etadi?

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyat qurilish boshqarmasi tomonidan dizayner-loyihachilar uchun e’lon qilingan “Siyob bog‘ining landshaft dizayni konsepsiyasi”ni yaratishga qaratilgan g‘oyalar tanlovi g‘olibini aniqlash maqsadida loyihalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning mukofot jamg‘armasi 25 million so‘mni tashkil etadi.Tanlov g‘olibi batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiquvchisi bo‘ladi.

Tanlovga 5 ta taklif kelib tushgan.