261 dona maishiy gaz balloni fuqaro xonadonida noqonuniy tarzda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
- 24.10.2023 16:48
- 180
- Samarqand
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida maishiy gaz ballonlari noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.
Xususan, Samarqand tumani, Dashtiso‘xta mahallasida yashovchi D.A. xonadonida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga qarashli bo‘lgan, aholi xonadoniga imtiyozli ravishda tarqatilishi belgilangan 261 dona maishiy gaz balloni noqonuniy tarzda saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur qoidabuzarlik holati bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.