28 iyulda “Tajik air” Samarqandga aviaqatnovlarni boshlaydi. Chiptasining narxi qancha?

Bu haqda News.tj xabar beradi.
Nashrda keltirilishicha, ilk parvoz 28 iyulda Boeing 737-300 avialaynerida amalga oshiriladi.
Aviakompaniya matbuot-xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Dushanbe xalqaro aeroportidan soat 9:00 da havoga ko‘tariladi. Parvoz vaqti 45 daqiqani tashkil etadi.
Chiptaning narxi 684 somoni (taxminan 568 ming so‘m)ni tashkil etadi.
Ikkinchi reys 4 avgustga rejalashtirilgan.