379 oila yarashtirildi, 3.09 mlrd. so‘mlik aliment qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasiga eng ko‘p murojaatlar aliment undiruvi va moddiy ta’minlash bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushmoqda. Shu sababli har bir tumanda hamkorlikdagi “Yarashtirish oyligi” chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Notinch, ajrashish uchun murojaat qilgan yoki ajrashgan oilalar, aliment to‘lovchilar hamda ularning sobiq turmush o‘rtoqlari ishtirokida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Ajrimlar sonini kamaytirish, oilalarni yarashtirish yoki ajrashgan oilalarni tiklash ishlarida faol ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida 379 oila yarashtirildi. Qidiruvda bo‘lgan 20 nafar qarzdorlar topildi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 226 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi. 3.09 mlrd. so‘mlik qarzdorlardan aliment qarzdorligi undirildi. Aliment to‘lashdan ikki oydan va undan ortiq vaqt mobaynida buyin tovlab kelgan 78 nafar qarzdorlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar qo‘zg‘atildi va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi natijasida 432 ta aliment undirish haqidagi ijro hujjatlarining kamayishiga erishildi.

Uchqun BUTUNOV,

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi

boshlig‘ining o‘rinbosari.