Nurobodda ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi

Ota-onalarning farzandlari oldidagi vazifalari, moddiy ta’minlashga va tarbiyalashga mas’ulligi qonun bilan belgilab qo‘yilgan.

Ana shulardan kelib chiqib, Nurobod tumanida farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan qarzdorning 4 nafar farzandi uchun o‘zining nomida bo‘lgan uyni aliment to‘lovi o‘rniga taklif qilgan.  Bu haqda Byuroning Nurobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi Alisher Qilichev ma’lum qilmoqda.

Joriy yilning 21 iyul kuni undiruvchi N.O. taklifni qabul qilgach, qarzdor R.E. Nurobod shahrida joylashgan yashash ikki xonali xonadonini farzandlarining nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirgan.

Taraflar o‘rtasidagi kelishuvga asosan ijro hujjati tamomlandi.