Samarqandda qarzdor ota uch farzandi uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Camarqand shahar sudining 2012 yil 18 dekabrdagi qarzdor X.A.dan da’vogar G.A.ning foydasiga uch farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining ikkidan bir yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanishicha, qarzdor X.A. umuman aliment pullarini to‘lamay kelganligi sababli umumiy qarzdorligi 106 million 392 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan boshqarmaning surishtiruv bo‘limi tomonidan X.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Surishtiruv harakatlari davomida qarzdor tomonidan 106 million 392 ming so‘m pul to‘liq undirib berildi.
Shundan so‘ng, X.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan hovlini farzandlarining kelajagini o‘ylab, undiruvchi G.A.ga rasmiylashtirib berishni lozim topdi. Undiruvchi esa aliment pullaridan to‘liq voz kechdi. Mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlandi.
Ulug‘bek Yuldashev,
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi.