Samarqandlik fuqaro aliment to‘lovlari mojarosidan yarashib qutuldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sud buyrug‘i bilan Samarqand tumanida yashovchi M.O‘rinovga N.Jo‘raqulova bilan o‘rtasidagi bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini yuklagan edi.

Joriy karantin vaqti ota va ona o‘zaro munosabatlari haqida o‘ylab ko‘rishlari uchun yetarli muddat bo‘ldi. Ular bilan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘zaro yarashtirildi.

MIB tuman bo‘limiga taklif etilgan qarzdor M.O‘rinov va undiruvchi N.Jo‘raqulovalar bilan tushuntirish ishlari natijasiga ko‘ra, ularning oilasi hech qanday aliment to‘lovisiz qayta tiklanib, butun oila sifatida uyiga kuzatildi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limi.