45 yildan beri yuvinmaydigan odam

Eronning janubiy yerlarida Fors viloyati hududining Dejah qishlog‘ida 85 yoshli qariya yashaydi, uning ismi "Ginnesning rekordlar kitobi" sahifalarida aksilrekordchi kishi sifatida yozilgan.
Keksa Amun umuman yuvinmaydi va 20 yoshidan boshlab deyarli butun umri suvga yaqinlashmaydi.

Nega eronlik suvdan qochadi?

Аму Хаджи

Bu irkitning shaxsiy rekordi qirq ham emas, balki oltmish yildan oshadi. U uzoq umr ko‘rishi va har xil kasalliklarga chalinmasligini aynan o‘zining hayot tarzi bilan bog‘laydi. Jurnalistlarning uning bunday qadam qo‘yishiga nima undagani to‘g‘risidagi savoliga u yoshligida qiyin ruhiy vaziyatga tushib qolgani va shundan so‘ng o‘ziga aynan shunday turmush tarziga rioya qilishga qat’iy so‘z berganligini aytgan.

Bundan tashqari Amun o‘zini juda baxtli his qiladi va umrining oxirigacha antisanitariya sharoitida yashab o‘z odatlarini o‘zgartirmoqchi emas. Qolaversa, bu qariya o‘z tamoyillarini o‘zgartirib, toza suvga tegsa, darhol kasal bo‘lib qolishiga amin.

U o‘zi tutgan mahalliy hayvonlarning olovda qovurgan go‘shtini eng mazali taom deb biladi. Bir vaqtlar neft saqlangan sisternalarda yomg‘ir suvini yig‘ib ichadi. Zohid qariya issiqda tanasi holatini muvozanat holatda saqlash uchun iloji boricha ko‘p suv ichishga harakat qiladi.

Tashqi ko‘rinishi va sevimli mashg‘ulotlari
Eron kengliklari yashovchisining tanasi loydan chiqqan filning terisiga o‘xshab qalin kir qatlami bilan qoplangan, kiyimlari ham shu ahvolda. Kiyimlari yirtilib yaroqsiz holga kelganda, u axlat qutisidan topib olgan boshqa kiyimga almashtiradi. Havo sovuq bo‘lganda bu g‘alati kishi Eron urushlari davridan buyon yerda yotgan harbiy dubulg‘asini kiyib oladi.

Самый грязный человек

G‘alati chol hech qachon toza ovqat, kiyilmagan kiyim yoki uy-ro‘zg‘or buyumlarini olmaydi. Bundan tashqari, u qishloq aholisining bunday sadaqalaridan xafa bo‘ladi. Axir, toza va yangi hamma narsalarni u o‘ziga man etib qo‘ygan-da. Baxtli zohid o‘zi qazib olgan yerto‘lada uxlaydi. Qattiq ob-havo sharoitida yashab turish uchun unga hamdard bo‘lgan kishilar g‘ishtdan qilingan quti qurib qo‘yishdi.

Самый грязный человек в Мире

Kirlar shohi kun davomida nima qiladi?
Aytishlaricha, u erkinlik va bekorchilikdan zavqlanadi – atrofni aylanib chiqib, axlattepada tashlangan narsalardan nimadir topadi, ovqat izlaydi, tabiatdan bahramand bo‘ladi. Bundan tashqari, u sivilizatsiyaga intilmaydi va o‘zini quvnoq va mukammal inson deb hisoblaydi.

B.Muhamadiyeva tayyorladi.