6 nafar samarqandlik o‘qituvchi, aktyor, hunarmand va tibbiyot xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Davlatimiz rahbari bugun, 2024 yil 24 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon qabul qildi.
Unga ko‘ra, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarni samarali amalga oshirish, o‘zining yorqin iste’dodi, ko‘p qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan
JALOLOV Hojiqurbon - Respublika «Usta» uyushmasining «Golden Ganch Mansurjon» korxonasi ganchkor ustasi
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
VAFAYeVA Xadicha - faxriy pedagog
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
SA’DIYeV Zokir Rahmatovich - viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri
«Shuhrat» medali bilan
ABDULLAYeV Akbar Xalilovich - viloyat qo‘g‘irchoq teatri aktyori
BOZOROV Xurshed Abdullayevich - Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori
TOHIROV Rauf Rahmonovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, koshinkor usta.