Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

8 oy ichida ayollar o‘rtasida 109 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan

Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik muxbiriga bergan intervyusida 8 oy ichida Samarqand viloyati bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish xolati yuzasidan faktlar keltirdi:

“Biz ilgarilari statistikani ko‘proq aytmas edik, yashirashdik. Bugungi kunda biz muammoni ochiq aytib, uni ildizlari bilan ishlayapmiz. Masalan, 8 oy ichida Samarqand viloyatida 109 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Shundan 20 tasiga oilaviy masala sabab bo‘lgan, ya’ni 25 foizi bevosita tazyiq va zo‘ravonlik oqibatida. Misol tariqasida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi holatni keltirish mumkin. Eri qattiq urishi oqibatida ayol o‘z joniga qasd qildi. Lekin u erkakka chora ko‘rilmadi. Uni o‘z joningga qasd qilgin deb urmagan-ku, degan gap xalq orasida va huquq-tartibot organlari ichida bor masala. Mana bundan keyin qonunchilikda aniq belgilanib, ularga choralar ko‘riladi”.