9 mayda «O‘lmas polk» Dushanbeda marshlar ostida bo‘lib o‘tadi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri hokimligi ertaga, 9 mayda shaharda «Bessmertniy polk» aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda Dushanbe shahridagi Rus milliy madaniyat markazi xabar bermoqda.

Tantanali tadbirni boshlash ertalab soat 10:00 ga belgilangan.

«O‘lmas polk» — bu mash’um urush qurbonlarini munosib xotirlash bo‘ladi. Shuning uchun barchani ushbu tadbirda qatnashishga taklif etamiz, deyiladi Dushanbedagi Rus milliy madaniyat markazi murojaatida.

O‘tgan yil, garchi rasmiylar ruxsat bermagan bo‘lishsada, bu tadbir bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda tadbirda 500 nafar kishi qatnashgan edi.

Bu yil ishtirokchilar soni o‘tgan yilgidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Bugungi kunda Tojikistonda bor yo‘g‘i 244 nafar 2-Jahon urushi qatnashchisi qolgan.

Bu yil ularga davlat tomonidan 1500 somoni miqdorida bir martalik yordam puli ajratildi.