Abituriyentga eslatma: bu yilgi imtihonlar qanday tashkil etiladi?

Joriy yilning 2 sentyabridan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari 2 smenada o‘tkaziladi:

➖ 1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
➖ 2-smena — 17:00 dan 20:00 gacha.

Abituriyentlarni testga kiritish:

• 1-smena — 06:30 dan;
• 2-smena — 15:30 dan boshlanadi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Testga kirish uchun pasport hamda abituriyent ruxsatnomasi talab etiladi. (Abituriyent ruxsatnomasini abitur.dtm.uz saytidagi abituriyentning shaxsiy kabinetidan yuklab olish mumkin).

Testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. 1-fan uchun 3,2 ball, 2-fan uchun 3,1 ball. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball - 189 ball.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 90 daqiqa, 60 ta test topshirig‘iga 180 daqiqa vaqt ajratiladi.

Testlar o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar joylashgan manzil haqida mana bu sahifa orqali ma’lumot olish mumkin:

dtm.uz/page/stadionlar_2020
➖ test jarayonlarini test2020.uz sayti orqali onlayn tomosha qilish mumkin.