Abituriyentlar diqqatiga: Biometrik pasport mavjud bo‘lsa, ID karta olish shart emas

Xalq ta’limi vazirligi joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shartligini eslatib o‘tdi.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport yoxud ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

Shu bois, 16 yoshga to‘lgan (o‘quv yili oxiriga qadar to‘ladigan) bitiruvchilar o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID karta olish harakatida (hozir biometrik pasport berilmayapti, faqat ID karta beriladi) bo‘lishlari tavsiya etiladi.