Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahri yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha investitsiya kiritmoqchi
Bugun Birlashgan Arab amirliklarining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi delegatsiyasi a’zolari Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonlar shaharning qadimiy qadamjolari va diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, “Samarqand siti”da amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Samarqand shahri hokimi B.Obloqulov bilan shahar ichki yo‘llari infratuzilmasi uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokara olib borishdi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.