Adliya idoralari 53 ta oilani yarashtirib, shuncha oilaga ajrim guvohnomasi bergan

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining xalq deputatlari viloyat Kengashiga bergan hisobotida shu haqda gap boradi.

Hisobotga ko‘ra, yilning olti oyida 2 ming 300 ta (1782 ta sudlar tomonidan, 518 ta FHDYo tomonidan) oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Aytilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 93 ta kam.

Mahallalarda o‘tkazilgan xatlovlarda 7890 hujjatga ega bo‘lmagan shaxs aniqlanib, 7290 nafariga tegishli hujjatlari rasmiylashtirib berilgan. Jumladan, 987 ta tug‘ilganlik, 572 ta o‘lim, 376 ta ID-karta, 141 ta nikoh, 53 ta sud qarori asosida ajrim guvohnomalari rasmiylashtirilgan.

Darvoqe, holat yil avvalida - 1 aprelgacha bo‘lgan davrda qayd qilingan.

FHDYolar esa olti oylik faoliyati davomida shuncha oilani yarashtirgan. G‘alati paradoks...