“Adolat” kubogi jomboylik yoshlarga nasib etdi

O‘zbekiston “Adolat” SDP Jomboy tumani kengashi tashabbusi bilan sportning “Universal jang” turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar, kattalar va qizlar o‘rtasida “Adolat” kubogi  uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Jomboy tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada viloyatdagi barcha tuman va shaharlardan kelgan ishtirokchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan partiyaning tuman kengashi raisi Komila Umarova “Sog‘lom turmush tarzi yo‘lida birlashaylik” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bu kabi sport musobaqalaridan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabtni shakllantirishga, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilganligini ta’kidladi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda 6-7, 8-9, 10-11, 12-13, 14-15, 16-17 yoshlilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Qizlar o‘rtasida esa 35 kilogramm vaznda Feruza Shavvozova, 40 kilogramm vaznda Umida Yaxshiboyevalar 1-o‘rinni oldi.

Umumjamoa hisobida Jomboy tumani 1-o‘rinni egallab, “Adolat” kubogini qo‘lga kiritdi. Samarqand shahri 2-o‘rinni, Bulung‘ur tumani 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqada ishtirok etgan barcha qatnashchilarga partiyaning faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat kengashi matbuot xizmati.