Akbar Fozilovning 8 ta asari muzey fondida saqlanadi

Unda shahar manzaralari, tarixiy-me’moriy obidalarimiz, qadim shaharning betakror ko‘rinishi hamda rassomning hayotiy chizgilari aks etgan asarlar o‘rin olgan. Ko‘rgazmada namoyish etilgan «Mening Samarqandim» toshbosma grafik asarlari tomoshabinlarning alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

 -  Serqirra ijodkor Akbar Fozilovning akvarel va grafika yo‘nalishidagi asarlarida hayotiylik, tabiyatga, insonga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat ufurib turadi, - deydi san’atshunos Lyudmila Kadzayeva. – Bugungi ko‘rgazmadagi 60 tadan ortiq asarlarning barchasida rassomning hayotdan olgan xulosalari, dunyoqarashi, tasavvuri musajjam.

Shuningdek, taqdim qilingan asarlarning 8 tasi ko‘rgazmadan so‘ng muzeylar fondidan joy oladi. Bungacha rassomning shaxsiy ko‘rgazmalari Rossiya, Misr, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Hindiston, Isroil kabi davlatlarda saqlanmoqda.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.