Aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi

Bugun, 9 dekabr kuni Adliya vazirligida Senat raisi Tanzila Norboyeva rasiligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda majburiy oilaga tayyorlov kurslarini bepul asosda joriy etish, nikohlanuvchi shaxslarni bepul asosda bepushtlik yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, nikohning dastlabki 3 yilligida yosh oilalarning moddiy farovonligini ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga kelishib olindi.
Shuningdek, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash shaklidagi ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish rejalashtirildi.