“ALPOMISH” OROMGOHI MAVSUMGA SHAY!

“ALPOMISH” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Samarqand shahridan 20 kilometr uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan.
Ko‘p asrlik chinorlarga boy bo‘lgan 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar zarur qulayliklarga ega. 10-16 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali taomlar taklif etiladi.
Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda ichki ishlar, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, roboto-texnika, qo‘l san’ati va boshqalar. Bolalar sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni “ALPOMISH” oromgohida kutamiz!
Manzilimiz: Samarqand tumani “Ohalik” MFY.
Oromgohga yo‘llanmani www.oromgohlar.uz saytidan olishingiz mumkin.
Yo‘llanma narxi – 2 000 000 so‘m.
Reklama