Andijonda qalbaki 100 mln so‘m pullarni "o‘tkazayotgan" fuqarolar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A., X.R. va boshqalar qalbaki banknotalarni muomalaga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqarolar A.K. va X.N.ga 2 000 dona qalbaki 50 000 so‘mlik kupyuralarni 57 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.