51,4 mln. so‘m qalbaki pul ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi
- 06.10.2021 15:47
- 101
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro Sh.S. 100 ming so‘mlik kupyuradagi jami 48,9 mln. so‘m qalbaki pullarni o‘tkazish maqsadida yonida olib yurgan vaqtida ushlandi.
Uning ko‘rsatuviga asosan ijarada yashab kelayotgan xonadoni ko‘zdan kechirilganda Sh.S.ning sheriklari M.O‘., S.M. va A.A.lar tomonidan kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda chop etilgan yana 2,5 mln. so‘m qalbaki pullar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa