Qalbaki 5 000 AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati Zangiota tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar M.Yu., D.X., R.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro D.ga qalbaki 100 AQSh dollarini haqiqiy 50 AQSh dollariga sotishga kelishib, qalbaki 5 000 AQSh dollarini 2 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.