Urgutda qalbaki 100 ming co‘mlik kupyuralarni chiqargan shaxs ushlandi
- 27.11.2020 15:23
- 481
- Jinoyat va jazo
Olingan tezkor ma’lumotga asosan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Urgut tumani Qolduvoyjar mahallasida yashovchi B.I. o‘zining yashash uyi xonasida, noqonuniy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan rangli printeri orqali 100.000 so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarib, muomalaga kiritib kelganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, B.I.ning qarindoshi D.ning yashash uyi ko‘zdan kechirildi.
Ushbu shaxs ham o‘zining yashish uyida jami 3.500.000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.
Samaraqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xuzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa