AQSh mamlakatdagi yetakchi OAVlarni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Yerning asteroid bilan to‘qnashuvi oqibatlari aytildi. Ispaniyada maosh kamaymagan holda ish vaqtlari qisqartirilmoqda
![](https://static.zarnews.uz/crop/9/3/720__80_93d7412ca7650f617608796260fde647.jpg?img=self&v=1738845641)
🔹 Isroil mudofaa vaziri armiyaga G‘azo aholisini tark etish rejasini tayyorlashni buyurdi. Reja G‘azo fuqarosi xohlagan joyga chiqishini o‘z ichiga oladi. Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya kabi qator davlatlar Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan “yolg‘on ayblovlar qo‘ygan” va “qonun bo‘yicha” anklav aholisini qabul qilishga majbur" deydi vazir.
🔹 Olma-ota politsiyasi narkotik moddalar yetkazib beruvchi xalqaro kanalni yopdi. Shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShdan kelgan posilka ichidan narkotik moddalar solingan marixuana o‘ramlari topilgan.
🔹 AQSh mamlakatdagi yetakchi ommaviy axborot vositalari — Politico, The New York Times va Associated Press nashrlarini hukumat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatdi.
🔹 Donald Tramp tug‘ilganda jinsi erkak deb belgilangan transgender ayollarni sportda ishtirok etishini taqiqlovchi farmon tayyorladi.
🔹 Olimlar 2032 yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan taxminan 500 metrli asteroid to‘qnashuvi oqibatini baholashdi. To‘qnashuv atmosferaning yuqori qatlamlariga yuzlab million tonna changni chiqarib yuboradi. Bu global sovish keltirib chiqaradi, Yer yuzasi harorati potensial ravishda 4˚C ga tushadi, yog‘ingarchilik 15 foizga kamayadi va ozon qatlami yemiriladi.
🔹 Trampning uzoq kutilgan “tinchlik rejasi” bir necha kun ichida e’lon qilinishi mumkin. Katta ehtimol bilan loyiha Germaniyada 14 fevralda boshlanadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida taqdim etiladi. Shartnomani taqdim etuvchi Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus elchi Keyt Kellog mulohazalariga ko‘ra, reja “kuch orqali tinchlik” tushunchasiga asoslanadi.
🔹 Ispaniya hukumati ish haqini o‘zgartirmagan holda rasmiy ish haftasini 2 soat (40 soatdan 37,5 soat)ga qisqartirishga qaror qildi.