AQSh sotayotgan gaz narxi va Xitoy bilan raqobat muhokama qilinadi: Makron AQShga rasmiy tashrif bilan bordi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan AQShga bordi. Bugun uni prezident Jo Bayden qabul qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Frans-press agentligi.

Makron Vashington Yangi Orleanga tashrif buyurishdan oldin poytaxtda ikki kun bo‘ladi.

Avvalroq Makronning Vashingtonga tashrifining asosiy mavzularidan biri AQShda inflyasiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonun bo‘lishi xabar qilingandi. Makron Amerika yetakchisini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid va “do‘stona munosabatda bo‘lmagan” qonunni yumshatishga ishontirishga harakat qilishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlarining muzokaralarida AQShning Yevropaga sotayotgan gaz narxi va Xitoy bilan raqobat masalasi ham muhokama qilinadi.

Fransiya prezidentining AQShga tashrifi 2 dekabrga qadar davom etadi.