AQShdan keyin Kanada ham listerioz epidemiyasi haqida e’lon qildi
- 21.07.2024 13:10
- 85
- Xorij
Ushbu yuqumli kasallik yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, 60 yoshdan oshgan odamlar va immuniteti zaif odamlar uchun xavfli.
Kasallik tufayli ko‘proq homilador ayollar ham xavf ostida ekani aytilgan. Payshanba kuni Kanada rasmiylari ushbu bakterial infeksiya tufayli 2 kishining o‘limi haqida xabar berdi, 9 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Barcha yuqtirganlar o‘simlik asosidagi ichimliklar ichgan.
Hozirda Amerika Kasalliklarni nazorat qilish markazi 12 shtatda listerioz avj olgani, 2 kishi vafot etgani, yana 28 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi. Infeksiyani yuqtirishdan oldin, bemorlarning aksariyati oziq-ovqat do‘konlarida sotib olingan tayyor go‘sht va kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilgan.