"Qora mog‘or" yana bir mamlakatga yetib keldi

Iroq janubidagi Di-Kar viloyatida "qora mog‘or" deb nomlangan zumburug‘li kasallik - mukormikoz tufayli kamida ikki kishi vafot etdi, deb xabar beradi «Rudaw» telekanali mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakili Ammar al-Zamili ma’lumotiga asoslanib.

"Nosiriya shahrida to‘rtta «qora mog‘or» yuqishi va ikkita o‘lim holati qayd etildi. Ikkala holat ham koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan asoratlar bilan bog‘liq", dedi al-Zamili.

Ma’lumki, mukormikoz zumburug‘li infeksiya asorati sifatida yuzaga keladi. Uni atrof-muhitdagi zamburug‘ sporalari bilan aloqada bo‘lganlar yoki zumburug‘ teriga yallig‘langan joy orqali kirganda aniqlash mumkin.

Kasallik diabet bilan og‘riganlar yoki biror kasallik (masalan, koronavirus) dan so‘ng immuniteti zaiflashganlar uchun o‘ta xavflidir.