Arab davlatlari G‘azoni tiklashga 53 milliard dollar sarflamoqchi. Zelenskiy tinchlik sari birinchi qadamni aytdi. Gruziyaga oziq-ovqat va dori-darmonlar vertolyotda yetkaziladi

🔹 Tramp seshanba kuni Oq uyning amaldagi rahbari sifatida Kongressning har ikki palatasida nutq so‘zladi. Unda AQShning ichki va tashqi siyosatiga tegishli qator muhim tashabbuslar e’lon qilindi. Shuningdek, Tramp Zelenskiydan tinchlik muzokaralarini boshlash taklifi bilan maktub olgani hamda Rossiyadan ushbu muzokaralarga tayyorligi haqida “ishonchli signallar” olganini qayd etdi. Nutqida u Panama kanali va Grenlandiya kabi muhim geosiyosiy boyliklarni qaytarib olishda qat’iyligini ta’kidladi.

🔹 Qozog‘istonda 15 martdan 30 iyunga qadar bir qator neft mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan tashqariga olib chiqishga taqiq joriy etiladi.

🔹 Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar sammitida falastinliklarning o‘z hududida mustaqil suveren davlat yaratish huquqini tasdiqladi. Ayni paytda Oq uy va Isroil G‘azo aholisini ko‘chirmasdan qayta qurish rejasiga qarshi va Arab Ligasining G‘azoni qayta tiklash uchun besh yil davomida 53 milliard dollar sarmoya kiritish taklifini rad etdi.

🔹Zelenskiy Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligi haqida gapirdi. Kiyev mojaroga barham berish uchun “tezkorlikka” tayyor. Bunda “birinchi qadam: mahbuslarni ozod qilish va osmondan o‘t ochishni to‘xtatish, energetika va boshqa fuqarolik infratuzilmalariga bombardimonni taqiqlash bo‘lishi mumkin. Agar Rossiya ham shunday qilsa” Ukraina keyingi bosqichlarni tezroq amalga oshirish va Qo‘shma Shtatlar bilan yakuniy tinchlik bitimini kelishish ustida ish boshlashni talab qiladi.

🔹 Kanada AQSh tovarlariga javob bojlari joriy qiladi. 4 mart kuni Oq uy AQSh hukumati Kanada va Meksikaga tariflar joriy etishini ma’lum qilgan edi.

🔹 Britaniya fuqaroligini olishga intilayotgan AQSh fuqarolari soni Donald Trampning prezidentlikka qayta saylanishi ortidan rekord darajaga yetdi. O‘tgan yili 6100 dan ortiq amerikalik Britaniya fuqaroligini olish uchun ariza topshirgan.

🔹 Fransiya prezidenti bugun xalqqa favqulodda murojaat qilmoqchi. "Aziz vatandoshlarim, bugungi noaniqlik davrida, dunyo eng jiddiy muammolarga duch kelganida, men bugun kechqurun sizlarga murojaat qilaman", deydi Emmanuyel Makron ijtimoiy tarmoqda.

🔹 AQSh xusiylarni xorijiy terrorchilik tashkiloti deb qayta e’lon qildi.

🔹 Gruziyaga oziq-ovqat va dori-darmonlar vertolyotda yetkaziladi. Misli ko‘rilmagan qor yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.

🔹 Quyosh qachon portlaydi? Mutaxassislar bu borada shunday deyishadi: Quyosh portlashi mumkin emas, chunki u o‘ta yangi yulduz emas. Quyosh sariq mittilar sinfiga kiradi va uning massasi o‘ta yangi yulduzni yaratish uchun yetarli emas. Portlash o‘rniga, milliardlab yillar davomida Quyosh qizil gigant bosqichlaridan o‘tadi va keyin tashqi qatlamlarini to‘kib, oq mittiga aylanadi.