Viloyat sport boshqarmasi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘linmasiga rahbar tayinlandi

Nurmanov Jasur Ne’matovich Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
J.Nurmanov 1981 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

***

Sobirov Qayum Hamroyevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Q.Sobirov o‘tgan davr mobaynida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i, Jomboy tumani hokimi lavozimlarida faoliyat olib borgan.