Futbol, JCh-2026 saralash: Milliy terma jamoamizning o‘yinlariga kam vaqt qoldi

5 iyun kuni Timur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha 23-jahon chempionati 9-tur saralash bosqichida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi.
BAA - O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin Abu Dabidagi “Al Nahyan Stadium” stadionida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion va uchrashuv vaqti (5 iyun, mahalliy vaqt bilan soat 21:00) Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan ma’lum qilingan.
Terma jamoamiz BAA bilan o‘yindan so‘ng - 10 iyun kuni Qatar terma jamoasini qabul qiladi. O‘yin “Bunyodkor” stadionida 18:45 da boshlanadi.
Shu kungacha terma jamoamiz 17 ochko bilan Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Eron terma jamoasi birinchi o‘rinda bormoqda va ularda 20 ochko, BAAda 13, Qatarda 10, Qirg‘iz Respuplikasida esa 6 ochko bor. Agar BAA bilan o‘yinda milliy terma jamoamiz durang o‘ynasa ham jahon chempionatiga chiptani naqd qiladi. Ammo Birlashgan Arab amirliklariga yutqazib qo‘ysak, Qatar terma jamoasini yutishimiz shart bo‘ladi.
9-tur doirasida Eron 5 iyun kuni Qatar terma jamoasiga qarshi va 10 iyun kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Agar Eron ushbu o‘yinlarda yutqazsa yoki durang natija qayd etsa, bizning ochkomiz Erondan yuqori kelib, birinchilikka chiqib olishimiz ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston-BAA o‘yinini maydonda Shon Evans boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar boshqarib boradi.
Sevinch Xolbekova.