Astmaga chalingan bemorga imtiyoz bor
Musallam ESIRGAPOVA, Ishtixon tumani, Nog‘orchi qishlog‘i.
– Astma kasalligiga chalingan bemorlarga davolanish uchun bir qator imtiyozlar bor. Jumladan, siz o‘zingiz yashayotgan tuman tibbiyot birlashmasida yoki viloyat ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida davolanish huquqiga egasiz. Shuningdek, o‘zingiz yashab turgan hududdagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilib, ular orqali tegishli muolaja kurslarini bepul olishingiz mumkin.
Abdulla ABIYeV, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi.