Avgustdan Samarqandda va boshqa bir qator shaharlarda aviachiptalar arzonlashishi mumkin

"Uzbekistan Airports" xabariga ko‘ra, 1 avgustdan 31 avgustgacha "Silk Avia" barcha yo‘nalishlarga chiptalar narxini pasaytiradi. Masalan, ushbu davrda Toshkentdan Samarqandga 12 yevroga, Farg‘ona yoki Namanganga 10 yevro, Buxoroga esa bor-yo‘g‘i 17 yevroga uchish mumkin bo‘ladi.

Aviachiptalarni 21 iyuldan boshlab aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti, +99855 501-22-12 aloqa markazi yoki O‘zbekiston xalqaro aeroportlari kassalarida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, "Silk Avi"a uchta tarifga ega. ODDIY tarifida faqat 5 kg qo‘l yuki taqdim etiladi — yuklat maxsus o‘lchamga mos kelishi kerak — 40sm x 30sm x 20sm. OSON tarifi ham qaytarilmaydigan, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha qo‘shimcha bagaj olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.

Ilgari amalda bo‘lgan jadval bo‘yicha parvozlar uchun chipta sotib olgan yo‘lovchilar o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilinadi va ularga bepul qayta bron qilish yoki to‘lovni to‘liq qaytarish taklif etilishi aytilmoqda.