“Avto 60 oy" mas’ullariga e’tirozingiz bormi?

“Avto 60 oy” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari ustidan sud jarayoni Samarqandda ham davom etmoqda.

Agar sizda jamiyat mas’ullariga e’tirozingiz bo‘lsa, sudga quyidagi vaqtlarda murojaat qilishingiz mumkin:

- Samarqand shahri hamda Samarqand tumanida yashovchi jabrlanuvchilar

2020 yil 19 oktyabr kuni soat 09:00 da;

- Bulung‘ur, Jomboy va Toyloq tumanida yashovchi jabrlanuvchilar uchun 2020 yil 20 oktyabr kuni soat 09:00 da;  

- Urgut tumanida yashovchi jabrlanuvchilar 2020 yil 20 oktyabr kuni soat 14:00 da;

- Kattaqo‘rg‘on shahar, Qo‘shrabot va Payariq tumanlarida yashovchi jabrlanuvchilar 2020 yil 21 oktyabr kuni soat 09:00 da;

- Nurobod, Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida yashovchi jabrlanuvchilar 2020 yil 21 oktyabr kuni soat 14:00 da;

- Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida yashovchi jabrlanuvchilar 2020 yil

22 oktyabr kuni soat 09:00 da;

- Past Darg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida yashovchi jabrlanuvchilar 2020 yil 22 oktyabr kuni soat 14:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining ochiq sud majlisiga yetib kelishlari so‘raladi.

Izoh: Urgut, Toyloq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Paxtachi, Past Darg‘om va Bulung‘ur tumanida yashovchi jabrlanuvchilar shu tuman sudiga kelib, videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: 66 234-85-06.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi.