Ayni damda «Silk Road» Turizm markazida Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan Kongress bo‘lib o‘tmoqda

Tadbirda davlat tashkilotlari, diplomatik korpus, sayyohlik tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, san’at namoyandalari, «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochdi.

Aziz Abduxakimov o‘z nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston Hukumati tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini hamda Butunjahon turizm kuni mamlakatimiz uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tdi.