Ayni damlarda Samarqandda yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa boshlandi
«Samarqand kubogi» musobaqalari Yunon-Rum kurashi viloyat federatsiyasining sobiq rahbari Farhod Sharipov xotirasiga bag‘ishlangan.
III yoshlar musobaqasida 200 nafardan ortiq 2001-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar ishtirok etayapti. Ular respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya davlatidan kelishgan terma jamoalardan iborat.Bugun 45, 51, 60, 71, 92 killogramm vazn toifasidagi 115 nafar yosh kurashchilar kuch sinovidan o‘tmoqda.
Ertaga 6 aprel kuni 48, 55, 65, 80, 110 killogramm vazndagilar bellashadi.
Mazkur musobaqada g‘olib bo‘lganlar joriy yil 8-14 may kunlari Toshkentda bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Unda ham zafar quchganlar avgust oyida Argentinada o‘tadigan musobaqada qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Musobaqa yakunida ya’ni ertaga 18:00 da g‘oliblar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Ayni damlarda musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tyapti.