Ayol – jamiyatning muqaddas tayanchi
Ayol azaldan mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik timsoli sifatida e’zozlanib keladi. Uning borligi bilan oila mustahkamlanadi, jamiyat yashaydi, kelajak avlod tarbiyasi barkamol yo‘lga qo‘yiladi. Shu bois ham ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning eng ezgu an’analaridan biri.
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Adolat” SDP Samarqand viloyat kengashi tomonidan ayollarni e’zozlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada qadrlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda partiyaning faol xotin-qizlari, viloyat kengashi xodimlari hamda deputat ayollarga samimiy tilaklar bildirilib, bayram tabriknomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur e’tibor va ehtirom ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni naqadar yuksak ekanini namoyon etdi. Tadbir ishtirokchilari ayollarning mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy-siyosiy hayot va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi beqiyos hissasini alohida ta’kidlashdi.
“Adolat” SDP viloyat kengashi axborot xizmati.